Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi vakillari 26–29-avgust kunlari Koreya Respublikasi Seul shahrida bo’lib o’tayotgan 11-Global fuqarolik ta’limi xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

🌍“Beqaror dunyoda global fuqarolik ta’limi: sun’iy intellekt asrida insoniy qadriyatlarni asrash” mavzusida o’tayotgan mazkur konferensiyada 50 dan ortiq mamlakat vakili qatnashishdi.

✅Konferensiya davomida O’zbekiston umumiy o’rta ta’limi mazmuniga global fuqarolik ta’limi tamoyillarini integratsiya qilish yo’nalishida olib borilayotgan ishlar to’g’risida taqdimot qilindi.

🔰 Shuningdek, konferensiya davomida UNESCO Bosh direktorining ta’lim masalalari bo‘yicha yordamchisi Qun CHEN bilan uchrashuv o'tkazilib, O'zbekiston ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, ta'lim mazmunini xalqaro standartlar va global fuqarolik ta'limi tamoyillari asosida takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
August 29, 2026 10.8K 4