Yandex ML School Uzbekistan'ga hujjatlar qabuli tugashiga 5 kun qoldi… — UzDev Jobs – IT Jobs — TG.ME

Yandex ML School Uzbekistan'ga hujjatlar qabuli tugashiga 5 kun qoldi

Agar siz hozir IT sohasida ishlayotgan bo‘lsangiz yoki dasturlashda karyerangizni endi boshlayotgan bo‘lsangiz va Machine Learning yo‘nalishiga o‘tishni istasangiz, ML bo‘yicha bepul bir yillik dasturga qabul davom etmoqda.

Dastur doirasida:
— matematika asoslari va Machine Learning;
— Deep Learning;
— Computer Vision;
— NLP va LLM;
— Reinforcement Learning;
— texnologik kompaniyalar mutaxassislaridan amaliy vorkshoplar.

Format: Toshkentda oflayn, kechki mashg‘ulotlar
Ta’lim tili: ingliz tili
Narxi: bepul
Kvota: 35 o‘rin

Dastur texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va matematika, algoritmlar hamda dasturlash bo‘yicha bazaviy bilimga ega yosh mutaxassislar uchun mos.

Arizalarni 2026 yil 9 sentyabrga qadar topshirish mumkin.
September 4, 2026 5.1K 89