support TEXNIK XODIM (Technical Support / Moderator) KERAK IT… — UzDev Jobs – IT Jobs — TG.ME

#support
TEXNIK XODIM (Technical Support / Moderator) KERAK

IT sohasida rivojlanishni istaydigan, texnik muammolarni tahlil qila oladigan va mijozlar bilan yaxshi muloqot qiladigan texnik xodimni jamoamizga taklif qilamiz.

ASOSIY VAZIFALAR:

* Foydalanuvchilardan kelib tushadigan texnik murojaatlarni qabul qilish va tahlil qilish;
* Platforma va mobil ilovalardagi xatoliklarni aniqlash;
* Muammoni qayta takrorlash (Step-by-Step Reproduction) va dasturchilarga aniq tavsiflab berish;
* Brauzer DevTools (Console, Network) orqali log va xatoliklarni yig‘ish;
* Foydalanuvchilarga texnik masalalar bo‘yicha maslahat berish;
* Platformadagi e’lonlar va kontentni tekshirish, qoidabuzarliklarni aniqlash;
* Aniqlangan muammolarni Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket tizimlariga kiritish;
* Zarur holatlarda dasturchilar va boshqa texnik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish.

TALABLAR:

O‘zbek tili — ravon og‘zaki va yozma;
Rus tili — ravon og‘zaki va yozma;
Ingliz tili — texnik hujjatlar, loglar

Texnik ko‘nikmalar:
Kompyuterda yaxshi ishlash;
Excel / Google Sheets bilan ishlay olish;
* Brauzer DevTools: Console va Network bilan ishlash;
* Android/iOS mobil ilovalaridan foydalanish;
* Jira, Bitrix24 yoki boshqa tiket/CRM tizimlari bilan ishlash;
* Texnik xatoliklarni aniq va tushunarli tarzda yozma shaklda ta’riflay olish;
* Loglarni o‘qish va tahlil qilish bo‘yicha boshlang‘ich bilim.

AFZALLIK BERADI:

* Call-markaz, texnik support, marketplace yoki moderatsiya sohasida tajriba;
* IT bo‘yicha ta’lim yoki tugatilgan IT-kurslar;
* SQL asoslari (SELECT so‘rovlari);
* Python yoki JavaScript asoslari;
* Git bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim;
* Sentry, Grafana kabi monitoring va log tizimlari bilan tanishish.

MUHIM:

* Diqqatli va mas’uliyatli bo‘lish;
* Fake va qoidabuzar kontentni tez aniqlay olish;
* Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish;
* Maxfiy ma’lumotlarni himoya qila olish;
* NDA (maxfiylik shartnomasi) bilan ishlashga tayyor bo‘lish;
* Stressli va konfliktli vaziyatlarda bosiqlikni saqlash;
* Jamoada ishlay olish.

BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ?

Agar siz IT sohasiga qiziqsangiz, texnik muammolarni o‘rganishdan qo‘rqmasangiz va kelajakda QA, Support Engineer, System/Business Analyst yoki boshqa IT yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Rezyumeni yuboring:
@dost_on324
991421025

Ish joyi: Amir Temur metro
Maosh: 700$+
Ish grafigi: to'lliq jadval 6/1


👉 Подписаться на канал @UzDev_Jobs
September 4, 2026 5.4K 74