Sen iste'dodlisan, potensialing baland, ommadan farqli, keng dunyo qarashga egasan. Yoshligingda oilang va o'zing tomoningdan o'zinga yuqori planka qo'yib berilgan. Sendan kelajakda ma'lum bir yo'nalishda ekspert darajasi kutilgan.
Ammo yillar o'tdi mevalash davring kelgan mahalda sen natija bermading. Vodorod bombang millari 00:00 ko'rsatganda ham u portlamadi.
Hozir sen o'zing xohlagan status, o'zing xohlagan mavqe va makonda emasliging uchun tushkun ruhiyat bilan yashayapsan. Sen bilan bir xil startda boshlagan hamda salohiyati senikicha bo'lganlar tanishlaring tepaga qarab uchib ketyapti. Sen esa ular bilan bir xil parallelda emassan. Sen o'zingdan umuman qoniqmayapsan. O'g'riqli to'g'rimi?
Bu oqibatning turlicha sabablari bo'lishi mumkin: Noto'g'ri qarorlar, dangasalik, kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'la olmaganliging, qat'iyatning yetishmaganligi yoki laylak seni tashlab ketayotganda joyni xato tanlagani...
@uyqichii