Assalomu alaykum, Bahromjon domla. Sizga va 40-maktabdagi barcha ustozlarimga chin dildan rahmat aytmoqchiman. 11-sinfda shu maktabda o‘qiganim men uchun juda yaxshi xotira bo‘lib qoldi.
Ayniqsa, siz menda juda katta taassurot qoldirdingiz. Siz men tanigan eng yaxshi insonlardan birisiz. O‘quvchilarga bo‘lgan munosabatingiz, samimiyligingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz menga juda yoqdi. Afsuski, turli sabablarga ko'ra o'z maktabimga qaytishga to'g'ri keldi. Rostini aytsam, agar yana imkonim bo‘lganida, yana 40-maktabda o‘qigan bo‘lardim.
Bu maktabdagi ustozlarimning bergan bilimlari va qo‘llab-quvvatlashi o‘qishga kirishimda ham katta yordam berdi. Bu yutuqda sizlarning ham hissangiz borligini doim eslab yuraman. Menga dars bergan barcha ustozlarimdan o'zim uchun nimadir oldim va ularga ham alohida rahmat aytaman. Bergan bilimlaringiz, e’tiboringiz va yaxshi munosabatingizni hech qachon unutmayman.
Sizga va barcha ustozlarimga katta rahmat. 40-maktabni va sizlarni doim yaxshi xotiralar bilan eslayman.













