🇯🇵 Yaponiyada o'qiyotgan yoki ishlayotgan vatandoshlar diqqatiga!
🇺🇿 O'zbekistonga qaytib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyasida ishlashni xohlaysizmi?
Yaponiyaning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri — DAIWA HOUSE 2027-yil aprel oyidan boshlab O'zbekistonda BPO ofisini ochishni rejalashtirmoqda.
Shu munosabat bilan, Yaponiyada ta'lim olayotgan va ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun so'rovnoma hamda maxsus seminar tashkil etilmoqda.
Kimlar mos keladi?
✅ O'zbekistonga qaytib, Yapon kompaniyasida ishlashga qiziqayotganlar.
✅ Yaponiyadagi kollej yoki universitetni 2027-yil mart oyida bitirishni reja qilayotganlar.
✅ Yapon kompaniyasida 5 yildan oz muddat ishlayotganlar.
Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, iltimos, quyidagi so'rovnomani to'ldiring.
📝 So'rovnoma
📅 Javob berish muddati: 2026-yil 17-avgust
🔗 So'rovnoma:
https://forms.gle/f5Y6xNffgnq1374x6
📢 DAIWA HOUSE seminari
Seminarda kompaniya, O'zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan BPO ofisi, ish faoliyati, pullik amaliyot dasturi va ishga qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumot beriladi. O'z savollaringizga ham bevosita javob olishingiz mumkin.
📅 Sana: 21-avgust
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Joy: Halal Sakura restorani
🗺 Google Maps:
https://share.google/LOglUM58vY5FdeQpT
⚠️ Seminarda ishtirok etish uchun avvalo so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi.
Yaponiyada orttirgan tajribangizni O'zbekistonda davom ettirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Barchangizni kutib qolamiz!