Bugun, 31-avgust — xalqimiz taqdirida unutilmas iz qoldirgan buyuk tarixiy kun. Aynan 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.
Bu sana — xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan ozodlik, erkinlik va mustaqillikka erishgan kunidir.
Bugun biz mustaqil O‘zbekistonning kechagi buyuk tarixini yodga olib, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlaymiz.
Mustaqillik — bu erkin kelajak!
Mustaqillik — bu bizning eng buyuk qadriyatimiz!




