Qodirjonov Muslimbek — USMONOVS SCHOOLning 5-sinf, bir necha yillik o‘quvchisi!
Turkiyada o‘tkazilgan Joey Xalqaro Olimpiadasida faol ishtirok etib, OLTIN MEDALni qo‘lga kiritdi!
Muslimbek bir necha yildan buyon USMONOVS SCHOOLdagi ingliz tili ustozlaridan ta’lim olib, o‘z bilim va salohiyatini xalqaro maydonda munosib namoyon etib kelmoqda.
Bu yutuq — o‘quvchimizning mehnati, intilishi va ustozlarimizning fidokorona mehnati natijasidir!