Kimdirning sizga bo'gan munosabati o'zgarib qolsa, darrov xafa… — Dinar | notes — TG.ME

Kimdirning sizga bo'gan munosabati o'zgarib qolsa, darrov xafa bo'lamiz. Lekin shu yil tushundimki 1 kun insonni o'zgartirib yuborarkan.

Oxirgi 2yil bo'lgan sayohatim haqida qisqacha bilasiz endi. Keling ozgina detallarga o'tamiz.

Do'stlar doiram shu darajada o'zgarib ketdiki, 2yil oldingi yaqinlarim haqida eslasam hayron qolaman. Ba'zi insonlar sizga foyda emas zarar berayotganini ular bilan aloqalarni uzganda bilar ekansiz. Do'stlik har kun aloqada bo'lish bilan o'lchanmas ekan, onsa sonda gap berib tursa ham katta gap. Yillar o'tib, do'stlaringiz bilan hayotning har xil bosqichida bo'lganingizda mavzular kamayishi mumkin. Lekin rishtalar uzilmaydi, hattoki shunday tuyilsa ham.

Shu yil endi 3-kurs bo'ldim, oxirgi yil bakalavr. Diplom ishimni yozishim kerak, juda ham qo'rqityabdi.

1yilcha ishsiz yurdim dedim, lekin orada har xil ishlarda o'zimni sinab ko'rdim. Masalan, consulting'da ishladim va bu ishga manga to'g'ri kemasligini tushundim.

Gen Z juda ham qiziq avlod o'zi. Ota-onalarimizdek eng xavfsiz yo'lni emas, risklar olishni yaxshi ko'ramiz.

21 yoshga ham kiribman, ozgina vahimali. Qayerda qo'nim topishim haqida juda ko'p o'ylayman. Finlandiyadan ozgina xafsalam pir bo'lgan.

Gapni nima bilan boshlab, nimalarga o'tlab ketdim. Yozishni shunisi yaxshida, miyadagi fikrlar tartiblanadi.
💘5❤3❤‍🔥2👎1🔥1
August 17, 2026 162 5