Salom, xat :) Va nihoyat kuch topib, yana yozishga qaytyabman. Oxirgi… — Dinar | notes — TG.ME

Salom, xat :)

Va nihoyat kuch topib, yana yozishga qaytyabman. Oxirgi marta 25-dekabr 2024-yilda uzun blog yozgan ekanim. Deyarli ikki yil o'tgan bo'lsa ham 132ta obunachi hali ham man bilan, rahmat!

Bu kanalni boshlashimga sabab shunchaki ona tilida yozish qobilyatimni yo'qotmaslik edi. Lekin keyinchalik oz bo'lsa ham obunachilar yig'dim, ular orasidan do'st orttirdim.

Yana nega qaytaybsan? dersiz... Avval nimaga to'xtatib qo'yganim haqida ayta qolay.

2024-yil esingizda bo'sa kerak, o'zim xohlagan o'qishga kirdim. Ancha mehnatdan keyin. Yangi shahar, yangi hayot, yangi orzular. Lekin high schoolda o'qib yurgan paytlarim hayotim oson ekanligini sezmagan ekanman. Kvartiraga to'lashim kerak shart emasdi, kichik 3ming aholilik qishloq, o'zimni ro'zg'orimni eplasam bo'ldi edi.

2024-yil esingizda bo'sa eng yaqin insonimni ham yo'qotdim. Ancha ulg'aydim.

2024-yil avgust oyida Ouluga ko'chib keldim. Bir o'zim ko'chishni o'zi bo'lmadi. O'qish boshlandi, ish topdim restaranda. Juma va dam olish kunlari ishladim. O'qish o'ylaganimdan qiyinroq bo'lib chiqdi. Hayotimda balans yo'qoldi, o'zimni ham yo'qotib qo'ydim. Aytgancha, online ishda ham ishlayotgandim.

Bir yil o'tgach ikkala ishdan ham bo'shadim, tushundimki boshqa buni ko'tara olmayman. 2-kursni boshladim, o'qish ancha yaxshilandi. Lekin endi ishim bo'lmagani uchun, moliyaviy jihatdan ota-onamga bog'lanib qoldim. Eng qiyin paytlar shu edi man uchun.

Yoz oyida esa shahar hokimyatida internship qildim. Xursandligimni chegarasi yo'q edi. Eng qizig'i boshlig'im bilan yarim stavkada ishlash uchun shartnoma tuzdik. Eng katta muammo — moliyaviy qaramlikdan endi qutuldim vaqtinchaga.

Orada har doim sizlarga aytib yurgan instagramda blogimni boshladim. Ancha aktiv bo'ldim lekin oy oxirida juda band bo'lib qoldim. Endi o'zimga 15kunlik challenge e'lon qildim. Har kun kuniga 3ta post) umid qilamanki o'z auditoriyamga ega bo'laman.

Xursandchiligim bilan bo'lishmoqchiman deb LinkedIndagi postimni joylagandim esingizda bo'sa. Hali ham o'sha organizatsiyaning decision making board'daman. Ko'p narsa o'rgandim, ko'p joylarda bo'ldim, ko'p odamlar bilan tanishdim. Endi o'z startupim ustida ishlash bo'sag'asidaman.

Shu yil Gretsiya va Shvetsiyaga sayohat qildim, umid qilamanki yana boshqa davlatlar ham mani kutib turibdi shu yil, omin.

Shunaqa gaplar, sizda nima gaplar? Nega hali ham bu yerdasiz? Qaytishimga ishongansiz-ha :) Yana ko'proq yozishga vada beraman.

(i have strong bond with you guys, even that i don't know you personally. you guys are the best)
💘5❤2❤‍🔥1🥰1
August 17, 2026 158 21