Eshmat va Toshmat hikoyasi
Kunlardan bir kuni Eshmat ismli yigit dunyoning nufuzli universitetlaridan biriga oʻqishga qabul qilinibdi. Lekin bu universitet grantga oʻqishga qabul qilmas ekan. Keyin Eshmat “El-Yurt Umidi (EYUF)” degan jamgʻarma haqida eshitib qolibdi va unga topshirmoqchi boʻlibdi. Internetdan rosa qidirib jamgʻarmaning web-saytini topibdi. Saytni qidirib oʻqib chiqishga eringan Eshmat jamgʻarma stipendiantlarining biridan soʻrashni afzal koʻribdi va unga telegramdan yozibdi.
“Assalom alaykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli-a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Siz EYUF yutganiz-a?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka, EYUF haqida savolim bor edi” deb yozibdi. Javob olmabdi. Oxiri savol soʻragan insonni jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka, shu EYUF uchun hujjat qilayotgan edim, shunga yordam bera olasizmi debdi?” Haligi inson oxiri jahli chiqib Eshmatni bloklab qoʻyibdi. Natijada Eshmat savollariga javob topa olmasdan EYUF tanlovi tugash muddatini oʻtkazib yuboribdi.
Eshmat bilan bir vaqt EYUF haqida qidirishni boshlagan Toshmat sal boshqacharoq yoʻl tutibdi. Birinchi jamgʻarmaning saytiga kirib hamma maʼlumotlarni oʻrganib oʻqib chiqibdi. Keyin javob topa olmagan savollarni bitta xabar qilib stipendiantlarning biriga yozibdi.
“Assalom alaykum, yaxshimisiz? Men shu yili EYUF tanloviga topshirayotgan edim. Baʼzi savollarga internetda javob topa olmadim. Shunga vaqtingiz boʻlganda javob yozib qoʻya olasizmi? Jamgʻarma ijrochi direktoriga yozilishi kerak boʻlgan arizaning bu joyini tushunmadim. Maktabni tugatmagan boʻlsam qanday hujjat topshirsam boʻladi?”
Toshmat bermoqchi boʻlgan savollarni tushunarli va aniq qilib yozibdi. Bir soat oʻtar-oʻtmas javob olibdi. Har safar savol soʻramoqchi boʻlgan xuddi shu usuldan foydalanibdi. Natijada, tanlovni yutib Amerikaga oʻqishga ketibdi. Hozir esa eng yaxshi universitetda aʼlo baholarga oʻqib yurgan emish.
University of Arizona talabasi Behruz Ernazarov
@uzbekistonlikuz
Forwarded fromOʻzbekistonlik
11
3
2
1
1July 23, 2024 2.4K 7 6