💻 "Halol" Uzum nasiyachi "firibgarlar"
Uydagilaringizga telefon qilishadi, "psixologik manipulyatsiya" qilish orqali biror mahsulotni atigi 2.5 mlnga bo'lib to'lashga olishga rozimisiz deydi. Har xil sovg'a, qiziqarli takliflar bilan ko'mib tashlaydi. Yoshi katta insonlar bo'lsa, bu narsalarga ishonadi va telefoniga kelgan SMS kodni (garchi siz ularga bir necha marta SMS kod, pasport, karta ma'lumot va boshqa narsalarni hech kimga bermasligini aytgan bo'lsangiz ham) aytadi. Nega? Chunki bu yerda bitta muammocha bor.
Ular (marazlar) SMS xabarnomadagi 2ta keladigan kodni, bittasi sizniki, ikkinchisi bizniki deb aldaydi. Pastdagi kod bu haqiqiy kod emas, sms identifikatori xolos. Mana shu narsani olib tashlash kerakmikan, chunki "povod" bo'lyapti bundaylarga. Keyin uydagilaringiz ishonadi. Ularga kerakli kodni aytadi. Qarabsizki, 12 oyga, 2.5mln emas balki faloncha o'nlab millionlik nasiya shartnoma tuzildi. Bitta SMS kod bilan? Nega bunchalik oddiy? Kimnidir bitta SMS kod bilan butun umrini qarzga botiradigan shartnoma tuzish shunchalik oddiymi?
Pasport ma'lumotlar berilmagan bo'lsa ham bitta SMS kod bilan birovni nomiga nasiya shartnoma??? Pasport ma'lumotlarni kim berdi? Uzum nasiya? Yoki qachonlardir qayerdadir tarqalib ketgan pasport ma'lumotlari va raqamlar asosida telefon qilib, o'zlari pasport ma'lumotlarini kiritib olganmikan? Yoki Uzum nasiyada bitta telefon nomer orqali odamni butun shaxsiy ma'lumotlarini qanaqadir "xaromi"larga berib qo'yish imkoni bormikan???
Birovni roziligisiz, shaxsiy ma'lumotlarini yashirincha olib va birovni nomiga shunchaki bitta SMS kod bilan shartnoma tuzilishi bu firibgarlik.
Undan tashqari bu shartnomani bekor qilishni iloji yo'q ekan. Tupoymanmi shunchalik? Telefonlarini ham ko'tarishmaydi o'sha shartnoma tuzganlar. Uydagilarim esa shartnoma tuzilganidan ham bexabar. Bunday maraz, xaromilarga sizni uydagilaringiz ham aldanib qolmasidan my.gov.uz da kredit olishni o'chirish va ularga hech qanday kodni, hech qanday narsani aytmasliklarini qat'iy tayinlang.
Muammoni qanday hal qildim?
Bu shartnoma tuzganlarni joylashuvi, na egasi, na telegrami, na instagrami na magazinni nomi bor. Uzum Nasiya bunday ma'lumotlarni bermas ekan? Faqat tashkilot nomi va ro'yxatdan o'tgan manzili. Keyin IIB ga murojaat qildim. IIB bunday ishlar bilan shug'ullanmasligini, Iste'molchilarni Huquqlarini Himoya qilish Agentligiga murojaat qilish kerakligimni aytishdi. Ularga ariza qoldirdik. 10 kun o'tmay hal qilib berishdi. Shartnoma bekor bo'ldi. Ularga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Rahmat kattakon!
Yaqinlaringizga internetdagi narsalarga yuzaki qaramasliklarini jiddiy uqtiring! Bitta SMS kod bilan ko'p narsani hal qilvorsa bo'ladi!
@todaysobirjonov