#tarqatamiz #stipendiya
Stipendiya, ijara to'lovlari qachon amalga oshirilishi yuzasidan ko'plab savollar va murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
▪️Vazirlar Mahkamasining 29.08.2014 yildagi 245-son qaroriga muvofiq stipendiyalar bo'yicha xarajatlarni moliyalashtirish har oyning 20-sanasigacha amalga oshirilishi belgilangan.
▪️Stipendiya tayinlash bo'yicha barcha buyruqlar Registrator ofisi mas'ullari tomonidan HEMIS tizimiga kiritish ishlari yakunlandi. Hozirgi vaqtda plastik kartasi yo'q talabalarga bank tomonidan karta ochish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayon to'liq yakunlanishi bilan stipendiya to'lovlari amalga oshiriladi.
▪️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qarori bo‘yicha talabalar uchun ijara to‘lovi qoplab berilishi yuzasidan ariza yuborish muddati joriy oyning 15-sanasiga qadar uzaytirilganligi sababli, ijara bo'yicha arizalar komissiya tomonidan o'rganib bo'lingandan so'ng, to'lovlar amalga oshiriladi.
TKTI BUXGALTERIYA



















