Xohish
Uzoqdan aylantirib olib kelmoqchi emasman.
Sohaga yaqinroq qilib tushuntiraman va bu mening shaxsiy oʻzimdagi jarayonlardan kelib chiqib qilgan fikrlarim.
1. Istalgan narsani qilishda Xohish boʻlsa boshlaysiz va natijasiga erishish uchun ham sizda xohish boʻlishi kerak.
Intizom esa boshqa narsa ekanligini yaqinda tushundim.
2. Intizom - siz qilishni xohlamagan ishlarni doimiy qilish.
Koʻproq pul topish uchun - loyihangizga qoʻshimcha qiymat berasiz va koʻproq pul topasiz
Yoki loyihalar sonini oshirishingiz kerak lekin koʻp loyihalar bilan ishlash sizga yoqmaydi.
Lekin koʻproq pul topish xohishingiz bor. Demak intizom ham kerak!
Targetologsiz va meta boʻyicha loyihalaringiz bor. Qoʻshimcha qiymatlar, kpi, aylanmadan yoki foydadan % olish uchun qiymatlar berishingiz - daromadingizni oshiradi.
Meta adsga boshqa platformalarni qoʻshib sotishingiz ham loyihalarni koʻpaytirmasdan daromadingizni oshiradi. Misol: LinkedIn ads, Telegram Ads vahokazo adslar
Endi agar siz bu xizmatlarda ishlashni bilmasangiz yoki oʻzingiz oʻrganishingiz kerak.
Yoki tajribali insondan oʻrganishingiz kerak. Lekin uni qiymati va narxi bor.
Shu joyda sizda kursda oʻqishda ortiqcha budjet boʻlmasa, til bilsangiz, Udemy yoki Courseraʼda arzonroq kurslar bor.
Muhimi yuqoridagi tajribali ustozdagi modullar, bu platformalardagi ustozlar oʻtadigan modullar bilan deyarli bir xil boʻlishi kerak.
Qolganini eplab ketsangiz boʻladi.
Lekin Ustozning tajribasi va aynan mahalliy loyihalarda qilgan natijasi boʻlsa unda oʻqish kerak.
Agar bazaviy maʼlumot bilan tajriba qilmoqchi boʻlsangiz arzonroq yoʻllarini yoki bepul variantlarini koʻrish kerak. Youtubeda tutoriallar koʻrish ham bepul variant
Muhimi
Xohishingiz –> intizomingiz –> natija qilishingiz
Agar yetkazib berolmagan boʻlsam yoki yanada chuqurroq yozishim kerak izohlarda fikrlaringizni yozing
Shunga qarab toʻldirishga oʻzimdagi holatdan kelib chiqib fikr bildiraman👇
P.s: Yana qaytarib aytaman, bu mening shaxsiy tushunib yetgan fikrlarim. Buni ham men yaxshi ustoz deb bilgan odamlardan oʻrganyapman