GREEN UNIVERSITY
Green University, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan, ekologiya va iqlim o'zgarishi yo'nalishiga ixtisoslashgan davlat oliy ta'lim muassasasidir. Bu yerda siz xalqaro standartlar asosida, asosan ingliz tilida ta'lim olib, zamonaviy kasb egasiga aylanasiz.
Bugungi kunda universitetda 4 ta bakalavriat va 7 ta magistratura yo'nalishi mavjud bo'lib, 2030-yilga qadar ular soni 22 taga yetkaziladi. Atrof-muhit muhofazasi, "yashil" iqtisodiyot, ekologiya huquqi, barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi energiya, sun'iy intellekt va ekologiya kabi istiqbolli yo'nalishlar sizni kutmoqda.
Green University. Tabiatni asrashni kasbga, bilimni esa kelajakka aylantiring! Green University. Kelajak yashil fikrlaydiganlar qo'lida!






