𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV: post #8559 — TG.ME

#darslikka_izoh

10-sinf darsligidagi Qoraqalpog‘iston haqidagi ma’lumotga aniqlik


Darslikda Qoraqalpog‘iston 1925–1932-yillarda Qozog‘iston, 1932–1936-yillarda esa RSFSR tarkibida bo‘lgan, degan ma’lumot bor. Bu ma’lumot texnik sabab bilan xato tushib qolgan bo‘lsa kerak.

Aslida Qoraqalpog‘iston 1925–1930-yillarda Qozog‘iston ASSR tarkibida, 1930–1936-yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan.

Ruscha Vikipediyadan ham ko‘rib olishingiz mumkin. Unda “1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonom viloyati Qozog‘iston ASSR tarkibidan chiqarilib, bevosita RSFSR tasarrufiga o‘tkazildi”, deb yozilgan.

1932-yilda nima bo‘lgan edi?
1932-yilda Qoraqalpog‘istonning viloyat maqomi o‘zgarib, respublikaga aylantirilgan. Ya’ni RSFSR tarkibidagi Qoraqalpoq avtonom sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilgan.

Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak:
1925–1930 – Qozog‘iston ASSR tarkibidagi avtonom viloyat
1930–1932 – bevosita RSFSR tarkibidagi avtonom viloyat
1932–1936RSFSR tarkibidagi Qoraqalpoq avtonom sovet sotsialistik respublikasi

“Kundalik-optimal”ni tuzish jarayonida ma’lumotlarni odatda bittalab tekshirib chiqaman. Lekin yuqoridagi holat texnik xatolik, xolos.

Aytgancha, “Kundalik-optimal”dagi bu mavzuga oid savolda ma’lumot to‘g‘ri berilgan. O‘quvchimning savoli sababli shu masalaga aniqlik kiritib qo‘yishni lozim topdim.

👉 @TESTLIDER
👍39❤15👏3👎2
August 28, 2026 4.1K 20 59