𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV: post #8557 — TG.ME

Ulug‘bek Po‘latovMen aybdor ekanman Yarim kechasi bir ustoz o’qituvchilar dars taqsimoti to’g’risidagi nizomga kiritilgan o’zgarishlarda meni ayblab, “qarg’adilar”. Men uning muammosini vaqtida hal qilib bermabman, paysalga solibman. Nizomga darhol o’zgartirish kiritishim…
Tanish holat. Menda ham shunga o‘xshash vaziyatlar bo‘lgan. Balki “o‘sha paytlarda” alam qilgani uchunmi, shunday gap yozgan edim: Gondurasda ham bir paytlar xalqini himoya qilish uchun kurashgan, ammo oxir-oqibat aynan o‘sha xalqning o‘zidan zarba yeb, “yaxshisi kuchlilar tomoniga o‘tay” deb tizim ichiga singib ketganlar bo‘lmaganmikan?

Ba’zan odamni qarshisidagi dushman emas, o‘zi yaxshilik qilgan odamning munosabati charchatadi. Shunday paytlarda umummanfaat deb o‘z manfaatlaringdan kechganing, ayrim takliflarni rad etganing ham yodingga tushib ketarkan...

Lekin afsuslanmayman. Chunki bunday ishlar, avvalo, vijdoning bilan yolg‘iz qolganda u bilan erkin gaplasha olish uchun qilinadi.

👉 @TESTLIDER
❤25👏5💯5👍1🔥1
August 28, 2026 5.1K 5 8