𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV: post #8555 — TG.ME

Men aybdor ekanman

Yarim kechasi bir ustoz o’qituvchilar dars taqsimoti to’g’risidagi nizomga kiritilgan o’zgarishlarda meni ayblab, “qarg’adilar”.

Men uning muammosini vaqtida hal qilib bermabman, paysalga solibman. Nizomga darhol o’zgartirish kiritishim kerak ekan. Kamiga men shu nizomdagi o’zgarishlarni sharhlab borayotganim uchun ham aybdor emishman.

Men nizomni “reklama” qilayotgan ekanman. “Suf sizga” degan gapni ham eshitib oldim.

Shu kunga qadar mana shu ustozning murojaatini eshitib, ayrimlarini vazirlik mas’ullari bilan birgalikda ijobiy hal qilib ham berganmiz. Ustama to’lanadigan tadbirlar ro’yxatiga o’zgartirish kiritishga ham muvaffaq bo’lgandik.

Minnat qilmoqchi emasman, shunchaki bu qo’limdan keladigan ish edi. Allaqachon Adliya vazirligi ro’yxatdan o’tkazib bo’lgan dars taqsimoti to’g’risidagi nizomni o’zgartirish esa menga emas.

Men vazirlik xodimi emasman, shu o’qituvchilarga o’xshagan oddiy bir fuqaroman. Nizomni ishlab chiqqanlar yetti o’lchab bir kesgan, biz hali o’ylab ham ko’rmagan muammolarni ular oldindan ko’rib bo’lgan, deb o’ylayman.

P.S. O’sha ustozni yozganlarini kanalga joylagim kelmadi. Ko’rib, yana asabim buzilmasin deb, o’chirib yubordim. Suratda shunchaki, o’zimning javobim.

Telegram l Instagram l Facebook
❤25🔥2
August 28, 2026 3.5K 9