Onlayn ta’limda esa bu muammo yanada jiddiyroq (va bu muammoga shu paytgacha to‘laqonli yechim topdim, deb men ham ayta olmayman, aniqrog‘i ayta olmasdim. Endi esa boshqacha).
O‘quvchi kursni “shunchaki Telegramdagi guruh” deb qabul qilsa, uning darsga bo‘lgan munosabatiga va oxir-oqibat natijasiga ham salbiy ta’sir qiladi.
Shu sababli avvalgi guruhlarimda ham o‘quvchilar bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilardim, kontaktlarimga saqlab qo‘yardim. O‘quvchilar soni ko‘paygani sari buni amalga oshirish qiyinlashadi.
Lekin “Uchinchi guruh”dan boshlab bu tartibni yana joriy qildim va bundan keyin ham davom ettiraman.
Chunki o‘quvchining qanday o‘qiyotganini, qayerda qiynalayotganini, nimalarga ehtiyoji borligini va qaysi jihatlari sustligini ham bilib borish kerak. Bu esa uning kamchiliklari ustida o‘z vaqtida ishlash va natijasini yaxshilash uchun muhim.
Xudo xohlasa, bizning kursda hech kim shunchaki Telegramdagi guruhga qo‘shilib, keyin o‘z holiga tashlab qo‘yilgan o‘quvchiga aylanib qolmaydi.


