Ba’zan odamni qarshisidagi dushman emas, o‘zi yaxshilik qilgan odamning munosabati charchatadi. Shunday paytlarda umummanfaat deb o‘z manfaatlaringdan kechganing, ayrim takliflarni rad etganing ham yodingga tushib ketarkan...
Lekin afsuslanmayman. Chunki bunday ishlar, avvalo, vijdoning bilan yolg‘iz qolganda u bilan erkin gaplasha olish uchun qilinadi.




