TDMAU | Rasmiy: #34561-post — TG.ME

“Posbonimiz – O‘zbekiston”,Talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Agrobiologiya fakultetida talaba-yoshlarni Vatanga muhabbat, sadoqat va yuqori fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash hamda yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi insonlar faoliyatini targ‘ib etish maqsadida “Posbonimiz – O‘zbekiston” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga:
Vatan himoyasi va tinchlikni asrab-avaylashning hayotiy ahamiyati;
Harbiy xizmatchilarning sharafli va mas’uliyatli burchi;


Mamlakatimiz ravnaqi va ravnaqiga munosib hissa qo‘shish masalalari atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, muloqotda yoshlarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni jasoratli va faol fuqarolar etib tarbiyalash borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍4⚡1❤1🔥1
September 19, 2026 1.3K 3