Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Mexanika va konchilik ishi fakultetida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar uchun «Jamiyatda yashash qoidalari — ijtimoiy odob va mas’uliyat» mavzusida «Kelajak soati» darsi tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, ushbu ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotda 130 nafardan ortiq birinchi bosqich talabalari faol ishtirok etdi.
Dars davomida talabalarga jamiyatda o‘zini tutish qoidalari, ijtimoiy mas’uliyat hamda odob-axloq mezonlari haqida atroflicha tushuncha berildi.














