TDMAU | Rasmiy: post #33732 — TG.ME

🎓 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ustuvor vazifalar belgilandi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To‘rayev Mexanika va konchilik ishi fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.

Seminarda rektor professor-o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish hamda universitetning barcha yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishishi muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning talabalar bilan samarali ishlashi va kasbiy salohiyatini oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, kelgusida imkoniyatlar yanada kengaytirilishi qayd etildi.

Muloqot davomida professor-o‘qituvchilarning talab va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
🔥6❤2
September 2, 2026 971 5