Dual ta’lim,samarali hamkorlik sari muhim qadam Ayni paytda Kadastr… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

Dual ta’lim,samarali hamkorlik sari muhim qadam

Ayni paytda Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi raisi Karimov Behzodjon Ilhomovich hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori To‘rayev Rasul Nortojiyevich o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda kadastr sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash.

Muzokaralar davomida Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish) ta’lim yo‘nalishida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashinuvi va sohaga yo‘naltirilgan boshqa tashabbuslarni amalga oshirish belgilandi.

Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirib, ularni soha talablariga mos malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.


📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍5❤3
September 2, 2026 528 7