O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan TABRIK

Aziz yurtdoshlar! Qadrli hamkasblar, ustozlar va talabalar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzulari, ezgu niyatlari va buyuk maqsadlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, o‘zligimiz va qadriyatlarimiz qayta tiklangan ulug‘ tarixiy voqeadir.

O‘tgan 35 yil davomida Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi va barcha sohalarni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bugun mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rni va nufuziga ega bo‘lib bormoqda.

Ayniqsa, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish — mustaqil taraqqiyotimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Shu ma’noda, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ham yurtimizning iqtisodiy va texnologik taraqqiyoti uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda.

Biz, avvalo, yoshlarimizni Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz zarur.

Mustaqillikning 35 yilligi — barchamiz uchun nafaqat bayram, balki bosib o‘tgan yo‘limizni sarhisob qilish, kelajak oldimizga yangi va yanada ulkan maqsadlarni belgilash ayyomi hamdir.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!


Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍12👏8❤2🔥2⚡1🥰1
September 1, 2026 1.1K 2 2