Bugun Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni 1937-1953 yillarda… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

Bugun Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

1937-1953 yillarda Oʻzbekiston boʻyicha qariyb 100 ming kishi qatagʻonga uchrab, 13 ming nafari otib tashlangan, bekafan, bejanoza koʻmib yuborilgan.

Xalqimiz taqdirlari fojiali yakun topgan Akmal Ikromov, Fayzulla Xoʻjayev, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir singari asl farzandlari xotirasini aslo unutmaydi.

Хalqimiz o‘sha davrni bilishi va faxrlanishi lozim. Yoshlar “Bobolarimiz istiqlol uchun kurashgan, biz nima qilyapmiz?” deb o‘ziga savol berishi kerak. Mustaqillikning tayanchi — vatanparvarlik, bilim va maʼnaviyat. Jamiyatimizda aynan shu ruhni kuchaytirish zarur”, — Shavkat Mirziyoyev.


📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
❤4⚡4👍2🔥1
August 31, 2026 1.4K 1 1