Maktabgacha ta’lim qamrovi 10 foizdan 75 foizga yetkazildi. Viloyatimizda 5 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi, oliy ta’limga qamrov 40 foizdan ortdi.
Mustaqillik bayrami arafasida 51 ta maktab, 25 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 60 ta mahallada infratuzilma obyektlarining foydalanishga topshirilayotgani bunyodkorlik ishlarining yana bir amaliy natijasi ekanligi qayd etildi.
Tibbiyot sohasida 2,1 ming o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonalar barpo etildi, zamonaviy tibbiy muassasalar tashkil qilindi.
Bugun viloyatimizning o‘zida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazish, ochiq yurak jarrohligi kabi murakkab operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgani ta'kidlandi.
Aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida minglab xonadonli ko‘p qavatli uylar qurildi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida «Yangi O‘zbekiston» massivlari qad rostladi.



