Termizda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

🇺🇿 Termizda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tantanalari boshlandi

Ayni paytda Termiz tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

🎉 Tantanali marosimda senatorlar va deputatlar, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari, ilm-fan va madaniyat sohasi fidoyilari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Ayni daqiqalarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohadoshlarimizni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirmoqda.

Bayram tantanalari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
👍6⚡2❤2👏2🏆1
August 29, 2026 1K 1