Assalomu alaykum. Yaqin orada o‘zbek tili va uning internetdagi mavqeini oshirish uchun yangi loyiha boshladik. NimaDegani.uz - birinchi xalq tomonidan to‘plangan lug‘at, xohlagan inson o‘z yoqtirgan so‘ziga izoh yozishi mumkin. Masalan, paqir - chelak so‘zining vodiyda ishlatiladigan sinonimi kabi. Saytimizning Profil qismidan ro‘yxatdan o‘ting va So‘z qo‘shish bo‘limidan yangi izohlar qo‘shing.
Ushbu post qo‘yilgandan bir hafta o‘tganidan so‘ng shu vaqt oralig‘ida eng ko‘p so‘z qo‘shgan 3-talikka Avazxon Umar tomonidan tarjima qilingan “Men (Bas qil, ey nafs)” kitobini sovg‘a qilamiz. Sovg’alarni viloyatlarning pochta bo‘limigacha yetkazib beramiz.
Ushbu loyiha @shevashunos va @nimadegani_uz bilan hamkorlikda olib boriladi!








