Qo‘qon davlat universiteti jamoasi “Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi biznes marafonida ishtirok etdi
2025-yil 9-iyul kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi” doirasida biznes marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini ilgari surish hamda amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.
Biznes marafonida Qo‘qon davlat universitetining talabalari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida yoshlar o‘z innovatsion loyihalari bilan qatnashib, muvaffaqiyatli biznes boshlash bo‘yicha mutaxassislar bilan ochiq muloqotda bo‘lishdi.
Tadbir bitiruvchilar uchun amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli tashabbuslarini yuzaga chiqarishda bu kabi uchrashuvlar muhim o‘rin tutadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan loyihalarga mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi hamda istiqbolli tashabbuslar alohida e’tirof etildi.
Facebook | Instagram | YouTube