Mustaqillik quvonchi - ezgulik bilan yanada go‘zal!
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan TDIU “Tomchi” volontyorlar harakati tomonidan Qibray tumanida xayriya tashabbusi amalga oshirildi.
Yangi o‘quv yili arafasida kam ta’minlangan oilalarda voyaga yetayotgan 30 nafar bolaga maktab uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari jamlanmalari topshirildi.
Har bir daftar, har bir qalam - shunchaki o‘quv quroli emas. Ular bolalarning yangi bilimlar sari qo‘yadigan qadami, katta orzulariga eltuvchi kichik ko‘makdir.