Aziz tengdoshlar, qadrli yoshlar! Barchangizni yurtimiz… — TDIU Yoshlar ittifoqi — TG.ME

🇺🇿Aziz tengdoshlar, qadrli yoshlar!

Barchangizni yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Mustaqillik — biz, yoshlar uchun erkin orzu qilish, bilim olish, o‘z iste’dodimizni namoyon etish va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkoniyatidir.

✔️Bugun bizning oldimizda katta maqsadlar, ulkan imkoniyatlar va yangi marralar turibdi. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston kelajagi yo‘lida bilimimiz, g‘ayratimiz va tashabbuslarimiz bilan munosib hissa qo‘shish — barchamizning sharafli vazifamizdir.

✨Biz - mustaqil O‘zbekiston yoshlarimiz! Bizning orzularimiz — Vatanimiz kelajagi!

💐 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

🇺🇿Yoshlarimizning orzulari, yurtimizning kelajagi va mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

✅Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook
❤3🔥2
September 1, 2026 916 1