Zerikdim..
Zerikdim, Tahajjudsiz tunlardan-u Bomdodsiz ottirgan tonglardan zerikdim. Zikring bo'lmagan bu qalbdan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim. Dunyo ortidan quvishdan, uni o'ylab yurishdan, Sendan uzoq insonlardan zerikdim. G'iybat taraluvchi suhbatlardan, Sendan chalg'ituvchi soxta do'stlardan, tartibsiz o'tgan kunlardan, bekor, bedor o'tgan tunlardan zerikdim. Dangasalik, tanballik, faxshga to'la ko'chalar-u, undan tiyila olmayotgan ko'zlardan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim. Har gal tavba qilib o'sha gunohni yana va yana takrorlashdan zerikdim. Bilganlarimga bir foiz ham amal qilmaslikdan, shunday bo'lsa ham ne'matlaringga ko'mib tashlashingga loyiq shukr qilmasligimdan zerikdim. Yo Alloh, Sensizlikdan men juda zerikdim..
165
44
22August 11, 2026 9.5K 165