Ko'nglingni keng qil. Barchasini Allohga qoyib ber. Natijasini… — 𝐓𝐚𝐬𝐤𝐢𝐧𝐢𝐦 l حب — TG.ME

Ko'nglingni keng qil. Barchasini Allohga qoyib ber. Natijasini kôrasan. Atrofdagi insonlarga ahamiyat berma. Ular sen yaxshi bôlsang ham yomon bôlsang ham gapirishaveradi. Senga ozor berishdimi, qalbingni yaralshdimi, ishonganlaring ishonchingni sindirishdimi, dôstlaring sotib ketishdimi, sevganing tashlab ketdimi, qôysangchi ularni. Ahir sen bilan Alloh borku, ahir sen bilan ota-onang borku. O'tkinchi insonlar uchun ôzingni qiynama. Qilgan ishing uchun afsuslanma, shunchaki ôzing uchun dars ol, sen aybdor emassan, chunki sen faqat baxtli bôlishga uringansan. Qalbing taskin topishi uchun Allohga yuzlan. Kônglingdagilarni tôkib soch. Insonlarga aytganing bilan hech yengillashmaysan. Ularga sening mag'lubiyating kerak. Seni chetdan turib kuzatadiganlarga ôzingni qanday kuchli ekanligingni kôrsatb qôy.Shunday maqsadlar qôyki, hamma havas qilsin, InshaaAllah. Imkonsiz degan narsa yôq, Alloh istasa har br narsani imkoni topiladi. Bu dunyo matohlari uchun, kelib ketar yôlovchilar uchun qalbinga ozor berma. Seni shu qadar kuzatishadiki gôyo befarqdek, ammo har br harakatingni shu darajada etibor bilan kuzatishadilar. Bu hayotda eng haqiqiy dôst ota onangdir. Eng sevgili Allohdir. Kônglingni tinchlantir. Asta ayt, barcha gôzal kunlar hali oldinda. Hammasi Allohga oson.🤍
1❤84❤‍🔥28🔥7
August 31, 2026 2.7K 108