🎓 Talabalar o‘rtasida OIV/OITS profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot va aksiya
📍 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari o‘rtasida OIV/OITS infeksiyasi profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot va bepul aksiya tadbirlari davom ettirildi.
🗣 Tadbir davomida yoshlarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda infeksiyaning oldini olishda profilaktik tadbirlarning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🧪 Shuningdek, talabalar uchun OIV infeksiyasiga bepul tekshiruv aksiyasi tashkil etilib, ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
1September 26, 2026 61






