Harbiy xizmatchilar o‘rtasida OIV/OITS profilaktikasi bo‘yicha tadbir… — Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi — TG.ME

🛡️ Harbiy xizmatchilar o‘rtasida OIV/OITS profilaktikasi bo‘yicha tadbir

📍 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 84007-sonli harbiy qismida shaxsiy tarkib o‘rtasida OIV/OITS infeksiyasining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🗣 Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari, profilaktikaning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

💬 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, OIV/OITS infeksiyasining oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
🔥1
September 25, 2026 90 1