Chilonzor savdo buyum bozorida OIV/OITS profilaktikasi bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
📍 Chilonzor savdo buyum bozorida OIV/OITS infeksiyasining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va aksiya tadbiri tashkil etildi.
🗣 Tadbir davomida bozor hududidagi fuqarolarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari hamda o‘z vaqtida tibbiy tekshiruvdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
🧪 Aksiya doirasida ishtirokchilarga OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish imkoniyati taqdim etilib, profilaktik choralar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
📲telegram 📲 instagram
📲youtube 📲facebook
September 18, 2026 79 1


