O‘tgan 35 yil xalqimiz taqdirida ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar va yangi imkoniyatlar davri bo‘ldi. Bugungi O‘zbekistonda bu yillar davomida to‘plangan tajriba, xalqimizning mehnati va o‘z kelajagini o‘zi bunyod etishga bo‘lgan qat’iy ishonch mujassam. Bu — barchamiz faxr bilan davom ettirayotgan yo‘l.
Aziz yurtdoshlar, barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz fayzli bo‘lsin. Farzandlarimiz baxtli, kelajagimiz yorug‘ bo‘lsin. Elimizning birdamligi, mehr-oqibati va bunyodkorlik ruhi bizni doimo yangi marralar sari yetaklasin.
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
#Mustaqillik35
@tanzilanarbaeva



















