OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab… — Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar — TG.ME

❗️OTMga kirish imtihonlari bo‘yicha apellyatsiyalar bugundan boshlab qabul qilinadi
#abituriyent

📥 Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda bugun, 15-avgustdan24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

🔰 Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

📄 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🪪 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

🗓️ Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.

✅️@Talim24uz
August 15, 2026 17.4K 43