Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi ko'rik tanlovi g'olibi aniqlandi… — Ta'lim24.uz | Rasmiy xabarlar — TG.ME

⚡️Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi ko'rik tanlovi g'olibi aniqlandi

🏆 “Eng yaxshi nodavlat oliygoh – 2026” tanlovi doirasida o'tkazilgan so'rovnoma o'z yakuniga yetdi. Ushbu so'rovnomada eng ko'p ovoz bilan Buxoro va Xorazm viloyatlarida faoliyat olib borayotgan "Osiyo Xalqaro Universiteti" 12 637 ta ovoz bilan g'olib bo'ldi. Ushbu natija bilan universitet jamoasini “Nodavlat oliy ta'lim muassasalari” ma'muriyati tomonidan chin dildan muborakbod etamiz!

TOP-10 reyting egalari:

1. Osiyo Xalqaro Universiteti — 12637
2. University of business and science — 9399
3. Perfect University — 9221
4. Xalqaro Innovatsion Universiteti — 8853
5. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti — 2603
6. Navoiy innovatsiyalar universiteti — 1546
7. Alfraganus Universiteti — 1459
8. Kimyo xalqaro universiteti — 1181
9. Ma'mun universiteti — 1163
10. Toshkent amaliy fanlar universiteti — 1141

To'liq ro'yxati tanishish: nodavlat-talim.uz

📊 Ushbu tanlov ijtimoiy faollik va jamoatchilik fikriga asoslangan holda o‘tkazilib, jami 80 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Biroq, 55 mingga yaqin ovoz haqiqiy deb topildi.

Natija qanday bo'lishidan qat'iy nazar barcha nodavlat oliy ta’lim muassasalari o'ziga xos sifat va ustunlikka egadir!

Sifat va ilmni sevuvchi abituriyentlar yurtimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan nodavlat oliygohlarda tahsil olishlarini tavsiya qilib qolamiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
August 26, 2026 7.4K 10