Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha… — Talabalar | Rasmiy kanali — TG.ME

⚡️Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari 46 foizgacha oshdi

🔰2026/2027-oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, joriy o'quv yilida kontrakt narxlari o'tgan yilgiga nisbatan 46 foizgacha oshirilgan.

Jumladan, bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida yillik kontrakt 22 mln 496,7 ming soʻm etib belgilangan. Oʻtgan oʻquv yilida esa 16 mln 695 ming soʻm boʻlgan. Natijada kontrakt qariyb 35 foizga oshgan.
 
Sirtqi taʼlimda kontrakt 21 mln 352,8 ming soʻmga, masofaviy taʼlimda esa 20 mln 208,9 ming soʻmga yetgan. Bu esa mos ravishda 43,6 va 45,8 foizga oshganini koʻrsatadi.
 
Magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida kontrakt 24 mln 403,2 ming soʻm etib belgilanib, oʻtgan yilga nisbatan 31,3 foizga oshgan.
 
Unga koʻra, bakalavriat taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt narxlari 269 mln 960 ming soʻm etib belgilangan.
 
Xuddi shunday, magistratura bosqichining kunduzgi taʼlim shakli uchun tabaqalashtirilgan kontrakt 122 mln 16 ming soʻm va kechki taʼlim shakli uchun esa 97 mln 612,8 ming soʻm etib belgilangan.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤9🤣9👀4👌1
September 2, 2026 2.5K 1 12