Talabalar | Rasmiy kanali: post #6746 — TG.ME

⚡ Joriy yilda tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt tartibi o‘zgarmaydi.

✅ Kelasi yildan esa undan foydalanish uchun maksimal ballning kamida 70 foizini, ya’ni 132,3 ballni to‘plash talabi joriy etilishi mumkin. Mazkur o‘zgarish hozircha loyiha maqomida.

✅ Ma’lum qilinishicha, bu yil tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bo‘yicha o‘tgan yilgi tartib o‘zgarishsiz qoladi. Ya’ni, talabgorlar amaldagi tartib asosida super-kontrakt imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

❌ Biroq kelgusi yildan tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt asosida o‘qishga kirish talablari o‘zgarishi mumkin. Hozircha bu tartib loyiha maqomida. Unga ko‘ra, abituriyent super-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun maksimal ballning kamida 70 foizini to‘plashi talab etilishi mumkin.

🛡 Tibbiyot yo‘nalishlarida maksimal ball 189 ball ekanini hisobga olsak, uning 70 foizi 132,3 ballni tashkil qiladi.

✅ Shunday qilib, taklif tasdiqlansa, kelasi yildan tibbiyot yo‘nalishida super-kontraktga da’vogarlik qilish uchun kamida 132,3 ball to‘plash talab qilinishi mumkin.

⏺ Mart oyida 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida ‘‘Super-kontrakt’’ni bekor qilishni nazarda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yilgan edi.

✅ @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❤9🔥4⚡2👌2
August 30, 2026 3.3K 1 23