Taallama: post #1237 — TG.ME

Forwarded fromTATaallama
TAKBIRI TASHRIQ

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam arafa kuni bomdod namozidan keyin to oxirgi tashriq kunining asr namozigacha takbir aytar edilar".


Muqim kishi zul-hijjaning 9-kuni bomdod namozidan, 13-kunining asr namozigacha jamoat bilan, takbiri tashriqni bir marta (namozdan keyin) aytish vojibdir. Ammo musofir, yolg'iz namoz o'quvchi va ayollarga vojib emas. Lekin bularning barchasi takbiri tashriqni aytishi vojib degan, ulamolar ham mavjud. Shuning uchun yuqoridagilar ham takbiri tashriqni aytishlari yaxshidir.

Takbiri tashriq lafzlari quyidagilar: "Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd".

Ⓜ️anba: Fiqh.uz sayti
👍5
May 25, 2026 189 4