Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, pedagoglar oldidagi vazifalar va o‘quv yili davomida erishilishi ko‘zda tutilgan natijalar atroflicha muhokama qilindi.
Biz uchun tayyorgarlik — shunchaki yangi mavsumni boshlash emas. Bu har bir jarayonni oldindan ko‘ra bilish, jamoani bir maqsad atrofida birlashtirish va ta’lim sifatiga bo‘lgan talabni yanada yuqori darajaga olib chiqishdir.




