Har bir katta natijaning ortida katta mehnat bor. Bu yil STEM SCHOOL… — "STEM SCHOOL" xususiy maktabi — TG.ME

Har bir katta natijaning ortida katta mehnat bor.

Bu yil STEM SCHOOL bitiruvchilari uchun navbatdagi muhim bosqich boshlandi — dunyoning nufuzli universitetlaridan takliflar va 100% grant asosida ta’lim olish imkoniyati.

Bitiruvchilarimizning har biri milliy va  xalqaro universitetdan taklif oldi. Ular orasida Xitoy va Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlari ham bor.

Biz uchun bu raqamlarning o‘zi emas, ularning ortidagi jarayon qadrli.

O‘quvchini faqat imtihonga tayyorlash emas — unda bilimga qiziqish, mustaqil fikrlash, o‘z kuchiga ishonch va katta maqsad sari intilish hissini shakllantirish.

Bitiruvchilarimizning o‘zlari ham suhbat davomida aynan ustozlarining qo‘llab-quvvatlashi, maktabdagi muhit va ularga berilgan ishonch haqida alohida ta’kidladilar.

Har bir bitiruvchining ortida — bir jamoaning mehnati, bir ustozning ishonchi va bir oilaning katta umidi bor. ❤️

📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
👏9🏆7❤4🎉1🤓1
August 26, 2026 1K 22