STEM SCHOOL”da 4-sinflar uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi! ✨ Har… — "STEM SCHOOL" xususiy maktabi — TG.ME

🎓STEM SCHOOL”da 4-sinflar uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tantanasi!

Har bir yakun — yangi boshlanish demak.
Bugun 4-sinf o‘quvchilarimiz boshlang‘ich ta’lim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi bilim sari yo‘lga dadil qadam qo‘ydilar.

Bu yillar davomida ular nafaqat bilim oldilar, balki do‘stlikni, mas’uliyatni, intilishni va orzu qilishni ham o‘rgandilar. Ustozlarining mehr-muhabbati, ota-onalarning ishonchi va o‘zlarining mehnati bugungi quvonchli kunning eng katta sababidir.

Aziz o‘quvchilarimiz! Sizni oldinda yanada katta marralar, yangi kashfiyotlar va ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda. Har doim bilimga chanqoq, maqsadingizga sodiq va Vatanimizning munosib farzandlari bo‘lib kamol topishingizni tilaymiz.

💙 Yo‘lingiz doimo yorug‘, qadamingiz esa muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

Yangi bosqich muborak bo‘lsin! 🌸

#STEMSchool #SoʻnggiQoʻngʻiroq #4Sinf #Bitiruv #BoshlangichTalim #KelajakLiderlari #SchoolLife #Education #GraduationDay

📝Telegram |💻Instagram | 📝Facebook | 🎞Youtube
🔥11👍6❤5🎉1🤓1
July 3, 2026 2K 15