Ular bilan so‘nggi bir yil davomida yelkama-yelka turib mehnat qildik. Birgalikda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tdik, yuzlab shogirdlarimiz yuqori natijalarga erishishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qildik.
Ularning fidoyiligi, mas’uliyati va jamoamiz rivojiga qo‘shgan hissasi uchun ulardan juda minnatdorman. Har birining mehnati men uchun alohida qadrlidir.
Bugun esa ularga qilgan mehnatlari va qo‘shgan hissalari uchun kichik, kamtarona rag‘bat ko‘rsatdim. Bu — ularning mehnatiga bo‘lgan hurmatim va minnatdorchiligimning kichik bir ifodasi, xolos.
🎁 IELTS topshirish uchun bepul voucher (Free IELTS test seat)
💰 1 000 000 so‘mlik pul mukofoti
Ishonamanki, kelajakda ularning har biri o‘z sohasining kuchli mutaxassisi bo‘lib yetishadi. Men ham bundan keyin ularga qo‘limdan kelgancha ko‘mak berishga va rivojlanishlarida yonlarida bo‘lishga harakat qilaman, inshaAllah.
Katta yutuqlaringiz hali oldinda.
BOBUR's Channel
Javohir's Channel
Madina's Channel




