Abu Jaxlga qolsa, masalani shartta-shurtta hal qilib qoʻya qolsa.
-Bu ishni kim tez va ustalik bilan uddalasa, yuz tuya xadya etiladi, – deya eʼlon qildi. Majlis ahliga birma-bir nigoh tashlab chiqdi-da: - Ya'ni, oʻldirgan kishiga, demoqchiman, – deb qoʻshib qoʻydi.
...
– Bu ishni Xattobning oʻgʻlidan boshqa hech kim eplay olmaydi!
...
Arqamning uyida tashqarini kuzatib turgan kishi shosha-pisha ichkariga kirdi. Umarni belida qilichi bilan kelayotganini koʻrdim, dedi. Yuz ifodalari bir zum jiddiy tus oldi. Yuraklarni hayajon toʻlqini qopladi. Nigohlar sarosimali edi.
...
Nabiyi akram (s.a.v):
– Ichkariga taklif qiling, kirsin, - dedilar va oʻrinlaridan turib kuta boshladilar.
Umar kirib, huzuri Nabaviyda toʻxtadi. Rasululloh (s.a.v) uning yoqasidan tutdilar:
– Ey Xattobning oʻgʻli, sen umringning oxirigacha shunaqa boʻlib qolaverasanmi ?! - dedilar.
Soʻngra muborak yuzlarini koʻklarga qaratib, rahmat iltijo qiluvchi bir ovoz bilan:
– Allohim, bu Xattobning oʻgʻli Umardir! Allohim, Islom dinini Umar ibn Xattob bilan quvvatlantir! - deb yolvordilar.
...
Umar tiz choʻkdi. Shunday holatda ham oʻrtacha bir odam boʻyi keladigan gavdali Umarning boyagina uchqun sachrab turgan koʻzlari endi Rosulullohga (s.a.v) qarashdan uyalgandek yer chizar edi. Dagʻal ovozi oʻta darajada yumshoq ohangga oʻralib chiqdi:
– Men bu yerga musulmonlikni qabul qilish uchun keldim. Allohga va Rasuliga imon keltiraman.
Risolat shohi Janobimizning (s.a.v) qalblari bir onda na'shaga toʻldi. Buyuk Alloh duolarini qabul qilgan, Umardek bir shaxsiyatni imon keltirish uchun oyoqlari tagiga boshlab kelgan edi. Baland ovoz-la: "Allohu Akbar!" deb hayqirdilar.