Oxirgi paytlarda bor pulini startupga tikib, juda og‘ir sharoitda yashayotgan founderlar haqida ko‘p o‘qiyapman.
Menga, to’g’risi, bu holatni romantizatsiya qilinishi yoqmaydi. Go‘yoki haqiqiy founder albatta pul yetishmovchiligi, qarz va doimiy stressdan o‘tishi kerakdek.
Yaqinda iqtisodchi Behzod Hoshimov shu podcastda qiziq fakt bilan bo’lishdi: doimiy moliyaviy muammolar haqida o‘ylayotgan odamning holati bir necha kun uxlamagan odamning holatiga o‘xshar ekan.
Menimcha, moliyaviy beqarorlik shunchaki noqulaylik emas, u inson organizmi uchun doimiy stress. Bunday holatda yaxshi qaror qilish, uzoq muddatli o‘ylash va yaxshi product qurish juda qiyin.
Balki hali successful startup qurmagan odam sifatida maslahat berish menga emasdir (uzr, gapirmasam bo’lmadi). Lekin yosh va ayniqsa oilali founderlar bunday g’alati propagandaga ishonib, qarzga startup qilishlarini umuman to‘g‘ri deb bilmayman.
Startup qilish o’zi katta stress va noaniqlik. Uni ataylab survival mode’da qilish shart emas.
Imkon bo‘lsa, investment ko‘taring, passiv daromad yarating va startupni resurs bor holatda quring.
@latipovasamira