Umar So‘ylning “Musulmon tadbirkor” kitobi menga shuni yana bir bor isbotladi: tadbirkorlik — bu faqat pul topish emas, balki niyat, halollik va mas’uliyat bilan yashash san’ati ekan. Kitob davomida boylikning asl mezoni mol-dunyo emas, balki iymon, mehnat va odamlarga foyda keltirish ekani juda sodda, ammo chuqur misollar bilan ochib berilgan.
Asarda musulmon tadbirkor qanday fikrlashi, qanday qaror qabul qilishi va eng muhimi — foyda ortidan quvib, qadriyatlarni yo‘qotmaslik g‘oyasi aniq yoritilgan. Muallif pulni maqsad emas, balki vosita sifatida ko‘rishni o‘rgatadi. Ayniqsa, halol savdo, sabr, tavakkal va shukr mavzulari meni chuqur o‘ylantirdi.
Bu kitobni o‘qib shunday xulosaga keldim:
👉 haqiqiy muvaffaqiyat — bu faqat daromad emas,
👉 haqiqiy boylik — bu ichki xotirjamlik va halol hayot.
Shu sababli bu kitobni tadbirkorlikka qiziqqan har bir inson, ayniqsa yoshlar uchun juda foydali deb bilaman.
Sohibov Azizbek